Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari Ichki ishlar vazirlari uchrashuvi

0
264
marta koʻrilgan.

2018 yil 9-10 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida delegatsiya tarkibiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.R.Bobojonov bilan Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi R.X.Raximzoda oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida terrorizm, separatizm, ekstremizmning turli koʻrinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, shuningdek, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar har ikki qardosh mamlakat ichki ishlar organlarining oʻzaro hamkorlikdagi ustuvor vazifalaridan biri boʻlib qolishini ikki davlat idora rahbarlari alohida qayd etdilar.

Oʻz navbatida P.R.Bobojonov, yuqori darajadagi oʻzbek-tojik munosabatlarini alohida taʼkidlab, hamkasbiga iliq, samimiy qabul va taqdim etilgan axborotlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bundan tashqari, suhbat davomida tojik hamkasblar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida, shu jumladan huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida amalga oshirilayotgan yuqori miqyosdagi islohotlarning borishi haqida xabardor boʻldilar.

Tomonlar idoralararo Muvofiqlashtirish ishchi guruhi faoliyati yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni samarali tashkil etishni davom ettirish, 2018 yillarda Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalarining chegara hududlaridagi ichki ishlar organlarining oʻzaro hamkorligi, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari Akademiyalari delegatsiyalarini almashish yoʻli bilan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish boʻyicha sheriklik munosabatlarini kengaytirish yuzasidan qator takliflarni koʻrib chiqdilar.

Barcha yoʻnalishlarida faol hamkorlik huquqni muhofaza qilish faoliyatida katta istiqbolga ega va bu yuqori darajada davom etadi.

Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonovga Tojikiston Respublikasi IIV “Xavfsiz shahar” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi markazining ish jarayoni, shuningdek, ushbu xizmat xodimlarining harakat xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibni saqlash borasidagi faoliyatlari namoyish etildi. Umuman muzokaralar oʻzaro ishonch, doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtdi.​

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.