Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari kelishuvlar ijrosining borishini koʻrib chiqdilar

0
71
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan soʻng mamlakatlarimiz yetakchilari muzokara oʻtkazdilar.

Suhbat avvalida Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari va birodar turkman xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Betaraflik kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro kun tartibi va koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston Prezidenti Turkmanistonning IHTdagi sermahsul raisligini yuksak baholadi va Ashxobod sammiti muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

Soʻng tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.