Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini kuni kecha boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari Oʻzbekiston Prezidenti saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy tabrikladi.
Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan hukumatlararo komissiyalarning yigʻilishlari, transport, energetika va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Tovar ayirboshlash hajmi barqaror surʼat bilan ortib bormoqda. Qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirishga qaratilgan muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Turkmaniston va Oʻzbekiston rahbarlari har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va amaliy sheriklik loyihalarini ilgari surish muhimligini taʼkidladilar.