“Tashkent City Women Professional Cycling Team” ayollar jamoasi kelasi mavsum ushbu sport turidagi eng nufuzli musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.
Qizlar jamoasi shosse mavsumida “Tour De France Femmes Avec Zwift”, Tour De Lʻavenir”, “Giro dʻitalia”, “Strade Bianche”, “La Vuelta Ciclista A España” turnirlarida qatnashadi.
Quvonchli xabar shuki, shosse boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasida qatnashish uchun 3 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
Mazkur musobaqalar ayollar jamoasining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini koʻrsatish barobarida sportchilarimiz uchun Olimpiya oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrish vazifasini ham oʻtab beradi.
gujum.uz