Xalqimizning ardoqli sanʼat namoyandasi, Oʻzbekiston xalq artisti Kommuna Ismoilova 16 yoshida sanʼat olamiga kirib keldi. Yoshgina qiz Ikkinchi jahon urushi jangohlarida qoʻshiqlar kuylab, jangchilarni ruhlantirishga munosib hissa qoʻshgan fidoyi ijodkor boʻlib, uning qoʻshiqlari xalqimiz quloqlari ostida hamon jaranglab turibdi.
Maqom markazi muzeyining Ekspozitsiya boʻlimi markaz mutaxassisi Nilufar Tursunqulova saʼyi-harakatlari tufayli Kommuna Ismoilovaning noyob eksponatlar turkumi bilan boyidi.
Oʻzbekiston xalq artisti Kommuna Ismoilovaning oila aʼzolari ustoz sanʼatkorga tegishli boʻlgan musiqiy cholgʻular, kitoblar, plastinka va tegishli ashyolarini Maqom markazi muzeyiga topshirdi.
Bundan avval Oʻzbekiston xalq artisti Maʼmurjon Uzoqov, Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy, Oʻzbekiston xalq artisti Oʻlmas Saidjonovning oila aʼzolari Maqom markazi ekspozitsiya boʻlimiga oʻzbek xalqi madaniy merosiga hissa qoʻshgan ushbu sanʼatkorlarga tegishli boʻlgan noyob buyumlarni taqdim etishgan edi.
Ushbu saʼy harakatlarning, anʼananing izi koʻpayaversin. Zero, eshbu ezguliklar yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga munosib hissa boʻlib qoʻshilaveradi.
gujum.uz