Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Hindistonda

0
371
marta koʻrilgan.

Hindistonning mashhur Javaharlal Neru nomidagi universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi va Hindiston yoshlar tashkiloti yetakchi talabalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yi.uz saytida.

Uchrashuv doirasida Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash umumiy dasturi (The National Service Scheme (NSS)ning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi vakillari ham mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Oʻzbekiston toʻgʻrisida rolik taqdimotini namoyish qilishdi. Ishtirokchilar bilan oʻzbek yoshlari faoliyatiga oid tajribalar almashildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari hind mahoratini rivojlantirish markaziga tashrif buyurishdi.

Mazkur markaz yoshlarga taʼlim berish va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha ish olib boradi.

Hind mahoratini rivojlantirish markazi oʻz faoliyatini 2006-yili boshlagan va shu vaqt davomida 3 milliondan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminlagan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.