Oʻzbekistonda jurnalistlar uchun joriy etiladigan milliy guvohnomaga taʼrif berildi

0
165
marta koʻrilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov feysbukdagi sahifasida Oʻzbekistonda jurnalistlar uchun joriy etiladigan milliy guvohnoma qanday koʻrinishda boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

«2019 yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi jurnalistining umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Unga koʻra, ushbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID-karta koʻrinishida boʻlib, unda guvohnoma egasi haqida maʼlumot, fotosurat, himoyalangan shaxsiy shtrix-kod mavjud boʻladi.

Milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boshqa davlat idoralariga, jamoatchilik va madaniy joylarga (koʻrgazma, teatr, kinoteatr, muzey, konsert, koʻngilochar va dam olish hududlari, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar) toʻsiqlarsiz kirish, axborot olish, materiallarni tayyorlash va tarqatishda hamkorlik qilish, shuningdek, vazirliklar va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda idoralarning ichki tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi», deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz prezidentining 2 fevraldagi qarori bilan 2019-2020 yillarda Oʻzbekistonda axborot sohasini rivojlantirish boʻyicha dastur tasdiqlandi.

Unga koʻra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2019 yilning iyuniga qadar jurnalist maqomini oshirish, media jamiyatda oʻzini oʻzi boshqarish mexanizmlarini shakllantirish hamda jurnalistning umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishi belgilangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.