Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishda sanʼat va madaniyatning oʻrni

0
275
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tashabbusi bilan Respublika Yoshlar turizm agentligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishda sanʼat va madaniyatning oʻrni” mavzusida seminar tashkil etildi.

Bilimli va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan tadbir qiziqarli kechdi, qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Yoshlar tomonidan mavzuga oid koʻplab fikr-malohazalar bildirildi.

Seminardan keyin sogʻlom turmush tarziga undovchi musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Yoshlar kubogi” futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Mazkur kubogda faxrli birinchi oʻrinni Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Chempion” jamoasi, ikkinchi oʻrinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat” jamoasi, uchinchi oʻrinni Mirzo Ulugʻbek tumani “Yoshlar ittifoqi” jamoasi egalladi.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi  Matbuot kotibi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.