Oʻzbekistondan 22 ta nomzod xorijiy oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga yuboriladi 

0
163
marta koʻrilgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda Oʻzbekistondan 22 ta nomzod xorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-taʼlim muassasalariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash, magistratura hamda doktoranturada oʻqishga yuboriladi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xorijga joʻnatilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarga ingliz tilini oʻrgatish oʻquv kurslari tashkil etilib, unda  1200 nafar tinglovchi  qamrab olinadi. Uch oylik kurs yakunida darslarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan pedagog kadrlarga 2020 yilda “El-yurt umidi” jamgʻarma stipendiati boʻlish uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikat beriladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.