Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni maʼlum qilindi

0
116
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 yanvar holatiga 32,65 mln kishini tashkil etib, 2017 yilda 533,4 ming kishiga yoki 1,7%ga oʻsgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi, deb yozadi kun.uz saytida.

Jumladan, shahar aholisi soni 16,53 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6%), qishloq aholisi soni 16,12 mln kishini (49,4%) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, 2018 yil 1 yanvar holatiga eng koʻp aholi soni Samarqand viloyatida 3,71 mln kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4%ni) tashkil etib, keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyatida 3,62 mln kishini (11,1%), Qashqadaryo viloyatida 3,14 mln kishini (9,6%), Andijon viloyatida 3,01 mln kishini (9,2%) tashkil etdi.

2018 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 3 mln kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.