Ozodbek Nazarbekov «Mendirman Jaloliddin» seriali ijodkorlari bilan uchrashdi

1
532
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, oʻxshash madaniyat va anʼanalarga asoslangan yaqin doʻstlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Turkiya Oʻzbekiston mustaqilligini birinchi boʻlib tan olgani ham ana shu qardoshlikning yuksak ifodasi boʻlgan edi.

2017 yil oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga ilk davlat tashrifi chogʻida mamlakatlarimiz hamkorligini strategik sheriklik darajasiga koʻtaradigan Qoʻshma bayonot imzolandi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari belgilab olingan edi. Bu esa barcha sohalar kabi sanʼat va madaniyat yoʻnalishida birgalikdagi loyihalar amalga oshirilayotganida ham oʻz aksini topmoqda.

“Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialini bugun nafaqat oʻzbek xalqi, balki butun turkiy xalqlar vakillari intiqlik bilan kutmoqda. Hozirda filmning montaj jarayonlari yakunlanmoqda. Madaniyat vaziri Turkiyaga safari chogʻida kino ijodkorlar bilan suhbatlashib, jaryonlarni koʻzdan kechirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, tasvirga olish jarayonlari uchun 50 gektar yer maydonida pavilion oʻrnatilgan boʻlib filmda ishtirok etish uchun mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan. Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlarimiz ot minish va qilichbozlik boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtishdi. Shu bilan birga turk tilini mukammal oʻrganib, tarix fani boʻyicha ham bilimlarini boyitishdi. Filmning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning bolalari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga oʻsha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi.

Dunyo miqiyosidagi katta loyihaga qoʻl urganimni chuqur his qilyapman,- deydi Mehmet Boʻzdagʻ.

— Loyihani amalga oshirish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim yetarli emas, jamoa, ssenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejissyorlar ham xabardor boʻlishi muhim edi. Shu sababli ham suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur oʻrganishga undadim. Menga oʻzbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb koʻp bora savollar yoʻllashdi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi filmlarda ham rol oʻynashga tayyor. Shaxsan oʻzim keyingi filmlarimga ham aynan oʻzbek akterlarini jalb etmoqchiman, chunki rejalashtirayotgan serialimiz Mirzo Ulugʻbek haqida boʻladi- dedi Boʻzdagʻ.

Eslatib oʻtamiz Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali Oʻzbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur serialga 7 million AQSH dollari mablagʻ sarflanmoqda.

Oktyabr oyining ikkinchi yarmida “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Boʻzdagʻning Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan. “Mendirman Jaloliddin” seriali 2021 yilning yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi koʻzda tutilgan.

Manbaa madaniyat. uz

Yoyish

1 mulohaza

  1. Ikki mamlakat bayrogʻi ostida olinayotgan ushbu film qardosh xalqlarning doʻstligi, ezgu hamkorligi ramzi boʻlib, jahon sahnalariga kirib boradi, deya ishonamiz.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.