Para-suzuvchilarimiz Armanistonda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazishmoqda

0
85
marta koʻrilgan.

Tokio shahri mezbonlik qiladigan yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ham sanaqli kunlar qoldi. Oʻzbekistonlik para-sportchilar ham ushbu nufuzli musobaqada munosib qatnashish maqsadida katta tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Ayni paytda para-suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Armanistonning Saxkadzor shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Mazkur yigʻin Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida muhim ahamiyatga ega.

Mashgʻulotlarda Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan barcha suzuvchilarimiz ishtirok etishmoqda. Saxkadzor bazasi dengiz sathidan 1825 metr balandlikda joylashgan boʻlib, mashgʻulotlarda sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirishga ahamiyat qaratilgan. 24 iyunda boshlangan yigʻin 15 iyulga qadar davom etadi.

J. Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.