Paralimpiyachilarimiz Para-Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

0
264
marta koʻrilgan.

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yoshlar oʻrtasida Para-Osiyo oʻyinlari bahslari davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida 7 nafar hamyurtlarimiz yengil atletikaning turli xil bahslarida ishtirok etib, 6 ta oltin va 1ta kumush medallariga ega chiqishdi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

 Shuningdek, suzish va pauerlifting boʻyicha bellashuvlarda terma jamoamizning uch nafar aʼzosi gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Jumladan, pauerlifting boʻyicha Shahzoda Mamadaliyeva 45kg. vazn toifasida 60 kg. tosh koʻtarib, faxrli birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, suzish boʻyicha Muhammad Abduraimov 100 metrga baterflay usulida suzishda 1:02.20, Akbar Yangiboyev esa huddi shu masofaga chalqancha usulida 1:12.86 natijasi bilan oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Hozirda Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi sportchilari 9 ta oltin va 1ta kumush, jami 10 ta medalni qoʻlga kiritishdi. Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqa ertaga, 14 dekabr kuni yakunlanadi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.