Parkent tumanidagi ​ Chingiz Aytmatov byusti — qardoshlik va doʻstlik ramzi

0
299
marta koʻrilgan.

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Qirgʻizovul hududida joylashgan 33-umumtaʼlim maktabida Chingiz Aytmatov byustning ochilishiga bagʻishlangan marosimda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Badiiy akademiya, taʼlim muassasalari rahbarlari, keng jamoatchilik qatnashdi.

Marosimda adabiyotshunos olim Ibroxim Gʻofurov ulugʻ adib nafaqat qirgʻiz eli, ayni paytda, oʻzbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymoga aylangani,  uning betakror asarlari, qissa va romanlari oʻzbek kitobxonlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻqilayotganini taʼkidladi.

Darhaqiqat, Prezidentimizning 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ulugʻ ijodkorga yuksak hurmat-ehtirom ramzi sifatida qardosh qirgʻiz xalqi bilan yaqin qoʻshnichilik va doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashda, adabiyot, madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Tadbirda taʼlim muassasasi jamoasiga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Chingiz Aytmatov asarlari toʻplami va badiiy kitoblar armugʻon  qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.