Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Agrar-oziq-ovqat siyosati va tabiatdan foydalanish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari S.Lisovskiy bilan uchrashdi.
Muzokarada ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning yurtimizga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilayotgani taʼkidlandi.
Ushbu tashrif strategik muhim yoʻnalishlardagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda, jumladan, parlamentlararo muloqotni faollashtirishda muhim omil boʻlishi qayd etildi.
Ikki mamlakat parlamentlari hamkorligining eng muhim yoʻnalishlari muhokama etildi.
Turli sohalardagi hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama hujjatlar ratifikatsiyasini tezlashtirish ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda parlament faoliyati sohasida tajriba almashish, jumladan, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Rossiya parlamentining tahliliy boʻlinmalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Parlamentlararo aloqalarni tegishli qoʻmitalar va doʻstlik guruhlari rahbarlari darajasida faollashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi