Poytaxtdagi “Yulduzcha” maktabgacha taʼlim muassasasida yangi yil shukuhi

0
621
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda mamlakatimizning  har bir goʻshasi, har bir koʻchasida bayram shukuhi! Toshkent shahrini kechasi kezsangiz daraxtlardagi, koʻp qavatli uylar oldidagi charogʻon chiroqlardan koʻnglingiz yashnaydi. Bahri-dilingiz ochiladi. Yangi yilning koʻtarinki kayfiyati dillardan-dillarga koʻchmoqda. Ayniqsa, bolajonlarning quvonchi cheksiz.

Maktab va bolalar bogʻchalaridagi tantanalar oʻquvchilarning, kichkintoylarning oʻz ishtirokida oʻtkazilayotgani ularning zavqiga zavq, shavqiga shavq bagʻishlamoqda.

Jumladan, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nomli 323-son maktabgacha taʼlim muassasasida  oʻtkazilgan tadbirda mahalla vakillari, ota-onalar qatnashib, kichkintoylarning bayramoldi konsert dasturlarini tomosha qilishdi.

 Kichkintoylar yangi yil bayrami archasi atrofida qorbobo va qorqiz bilan birga kuylashdi, raqsga tushishdi, sheʼrlar yodlashdi. Zavqli ertaklar olamida kezishdi. Har bir jajji yurak oʻz isʼtedodini namoyon qildi. Ular yangi yil shukuhidan olam-olam zavq oldilar va zavq ulashdilar. Tantana oxirida qorbobo va qorqiz qoʻlidan sovgʻalar olib quvnashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.