Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun sport marafoni tashkil qilindi

0
164
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida paralimpiya harakatini rivojlantirish orqali jamiyatga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, hayotga qiziqishini oshirish, iqtidor va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida insonparvarlik faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi toʻgʻrisida”gi PQ-2821-sonli qarori bunda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Buning samarasi oʻlaroq paralimpiyachilarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda, Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

Shu kunlarda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internatlari va kolleji tarbiyalanuvchilari oʻrtasida paralimpiya sport turlari boʻyicha bir qator sport musobaqalarini oʻtkazmoqda.

Jumladan, Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bogʻida 100-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internati va zaif koʻruvchi bolalar maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari oʻrtasida sport marafonini oʻtkazildi. Mazkur marafonda 80 nafarga yaqin bola sovrinli oʻrinlar uchun kuch sinashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida elimiz suygan sanʼatkorlar oʻzlarining chiqishlari va bolajonlarga bildirgan tilaklari bilan barchani hushnud qildilar. Tadbir coʻngida musobaqa gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.