Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qoʻshma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.
Shu yerning oʻzida viloyatda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yongʻoqzorlar, intensiv bogʻ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer oʻlchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.