Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020 oʻquv yilida faoliyat boshlaydigan Prezident maktablariga hujjatlarni pm.xtv.uz sayti orqali topshirish mumkin, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.
8 iyunga qadar Prezident maktablariga 8,3 mingdan ziyod nomzod hujjat topshirgan boʻlsa, ulardan 2,4 mingdan ziyodi pm.xtv.uz saytida yaratilgan qulayliklardan foydalangan holda hujjatlarini onlayn topshirgan.
Prezident maktablarining rasmiy saytida taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarning roʻyxati va namunalari berilgan. Nomzodlarning vakillari ushbu namunalar asosida hujjatlarni tayyorlab, pm.xtv.uz sayti orqali bir necha daqiqalarda topshirish imkoni bor.