Prezident: Mamlakatimizning har bir qarich yeri, har bir boyligi aholi jon boshiga daromadni koʻpaytirishga xizmat qilishi kerak

0
99
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Fargʻona tumanida ishga tushirilgan «Ekokerama» korxonasiga tashrifi davomida yurtimiz foydali qazilmalarga boyligi, lekin ular asosida tayyorlanadigan materiallar katta miqdorda chetdan keltirilayotganiga eʼtibor qaratdi:

 — Shuncha imkoniyat boʻla turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak boʻlmaydimi? — deya haqli savol qoʻydi Prezident. — Mamlakatimizning har bir qarich yeri, har bir boyligi aholi jon boshiga daromadni koʻpaytirishga xizmat qilishi kerak.

«Ekokerama» MCHJ yiliga 500 ming dona 20 turdagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yaʼni, importning aksariyat qismi oʻrnini toʻldiradi.

 Mahalliy xomashyodan 100 foiz foydalanilishi va energiya tejovchi texnologiyalar qoʻllanilishi sababli «Ekokerama» mahsulotlari xorijiy muqobillariga nisbatan arzon boʻladi.

Korxonaning loyiha qiymati 15 million dollar. Hozirda 500 kishi ish bilan taʼminlangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.