Prezident odamlarga qulaylik yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi

0
366
marta koʻrilgan.

Nukus shahrining “Qumbuz ovul” mahallasida barpo etilgan koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida maktabgacha taʼlim muassasasi va oilaviy poliklinika joylashgan. Bu shu uylarda yashayotgan odamlarga, ayniqsa, yosh bolali ayollarga juda qulay. Issiq-sovuq kunlarda yoʻlda qatnab yurmaydi, ham vaqti, ham naqdi tejaladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu muassasalar faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda 5 qavatli 10 ta arzon uy qurilgan. Ularda barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. “Navshe” nomli bogʻcha bolalar ongini oʻstiradigan turli inventarlar, oʻyinchoqlar, metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlangan. Ingliz tili, rus tili, shaxmat-shashka toʻgaraklari tashkil etilgan.

Oilaviy poliklinika hududdagi 8 ta mahallaning 46 ming aholisiga xizmat koʻrsatadi. 250 qatnovga moʻljallangan muassasa sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan. 

Elektron qabul tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Odamlar uyda turib, onlayn tarzda navbatga yozilishi va belgilangan vaqtda shifokor qabuliga kelishi mumkin. Poliklinikaning oʻzida ijtimoiy dorixona ochilgan.

Prezidentimiz shifokorlar bilan suhbatda poliklinikaga kelganlarga sifatli xizmat koʻrsatish bilan birga hududdagi aholini patronaj qilish, har bir odamning haroratini bilish kerakligini taʼkidladi. Kasallik varaqalarini elektron shaklga oʻtkazish, zamonaviy tibbiyot yutuqlari asosida ishlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shu yerda Abdambetov koʻchasida qurilayotgan koʻp qavatli arzon uylar, boʻlajak “Nukus city” shaharchasi taqdimoti oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.