Prezident Samarqandga keldi

0
141
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi. 

Davlatimiz rahbari 2017 yil aprel va noyabrda ham bu yerga kelib, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy obyektlar qurish boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻygan edi. Tashrif doirasida ana shu vazifalar ijrosi tahlil qilinadi, yangilari belgilab beriladi.

Har doimgidek, tashrifning birinchi kunida asosan tumanlarga borish, viloyat faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazish rejalashtirilgan.  

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev  Imom Buxoriy maqbarasini  ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi. 

Maqbara hovlisida ushbu majmuani rekonstruksiya qilish, atrofini kengaytirish konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi. Loyihaga koʻra, maqbara atrofidagi ulkan hududda mehmonxonalar, uy-joylar, maktab, shohbekat, savdo va xizmat koʻrsatish shohobchalari qurish, xiyobonlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar berdi:- Bu yerga kelgan odam oʻziga maʼnaviyat olib ketishi kerak. Chet elliklar xalqimizning ilmiga, madaniyatiga qoyil qolishi kerak. Shuning uchun yana oʻylanglar, qurilishni rejali, bosqichma-bosqich amalga oshiringlar,- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.