Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan «Dorut-tilovat» majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.
Oʻtganlar xotirasiga Qurʼon tilovat etildi. Ulamolar bilan muloqotda xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida soʻz yuritildi.