Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiqoʻrgʻon tumanida yoshlar bilan suhbatlashdi

0
202
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Namangan viloyatiga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Mamlakatimiz rahbari Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumaniga kelib, “Sura General Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bogʻi bilan tanishdi. Bu yerdagi 3 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyasi hisobiga 103 gektar maydonda tashkil etilgan intensiv bogʻning qator oralarida sabzavot yetishtirish uchun ishsiz yoshlarga yer boʻlib berilgan.
Davlatimiz rahbari shunday yoshlar bilan suhbatlashdi.

— Sizlarning ishli boʻlganlaringni, kayfiyatlaringni koʻrib xursandman. Yoʻllaringizni topib, ish bilan boʻlib, biringizni ikki qilib, farzandlar kamolini koʻrib yashasalaringiz — mening eng katta maqsadim shu. Buning uchun shu bilan chegaralanmay, koʻproq bilim olishingiz, yangi marralarga intilishingiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvla ilgari namanganlik 160 ming kishi xorijga ish izlab ketgani, bugungi yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida 100 mingi yurtimizga qaytib kelgani taʼkidlandi.

— Yoshlar yoʻlini tasavvur qilolsa, kuch paydo boʻladi. Qiyinchiliklardan, sinovlardan xafa boʻlmaslik kerak. Hayot maktabini oʻtagan inson dunyoga boshqacha qaraydi. Yoshlarning yaxshisiyam, yomoniyam bizning farzandlarimiz. Sizlarga oʻxshagan intiluvchan, ertangi kuniga befarq boʻlmagan, kasb-hunarli yoshlar boshqa tengdoshlariga oʻrnak boʻlishi kerak, — dedi Prezident.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.