Prezident Shavkat Mirziyoyevning  17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrifi  

0
204
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Joʻshqin  Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 17 yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga joʻnab ketdi

Hindistonda davlatimiz rahbarining tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida taʼkidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan “The Hindu” gazetasida “Oʻzbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni boʻladi” nomli tahliliy maqola chop etildi.

“Joʻshqin  Gujarat” sammiti Gujarat shtatining yana bir shahri – Gandinagarda boʻlib oʻtadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev  17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi.  

Davlatimiz rahbarini “Ahmadobod” xalqaro aeroportida Gujarat shahri gubernatori, Hindiston qishloq xoʻjaligi vaziri va boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.  

Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, «Joʻshqin Gujarat» sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara oʻtkazadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.