Prezidentlar qadimiy Buxoro ziyoratida: Davlat rahbarlari Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi

0
146
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Buxoroga keldi. Davlatimiz rahbari Buxoro xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻanni kutib oldi.

Prezidentlar birgalikda Buxorodagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi, diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishadi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdogʻan Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qurʼon tilovat qilindi.

Oʻzbek va turk xalqlarining dini, maʼnaviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham eʼzozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir. 

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, «Koʻngling Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin» degan gʻoyaning mazmun-mohiyati haqida soʻzlab berildi.

Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar koʻp keladigan ziyoratgohga aylandi.

Turkiya Prezidenti Oʻzbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va maʼnaviyatiga hurmati balandligini taʼkidladi.

Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.