Prezidentlar sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdilar

0
114
marta koʻrilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Sooronboy Jeenbekov «Oʻzekspomarkaz»da tashkil etilgan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdilar, deya xabar bermoqda prezident. uz  saytida. 

Koʻrgazmada mamlakatimiz soʻnggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manffatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday koʻrgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Davlat rahbarlariga maʼlum qilinganidek, koʻrgazma doirasida oʻtkazilgan uchrashuvlar natijasida savdo va kooperatsiya sohasida umumiy qiymati 140 million AQSH dollari atrofida boʻlgan bitim va tijoriy shartnomalar imzolandi.

Shu bilan Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.