Prezidentlar Xivani ziyorat qildi

0
204
marta koʻrilgan.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Ichan qalʼadagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maʼlumki, Ichan qalʼa faqat yodgorlik emas, balki «tirik» shahardir. Bu yerda 120 dan ziyod meʼmoriy obidalar bor va hozirgacha qadimiy uylarda aholi yashaydi. Uning «ochiq osmon ostidagi muzey» deb atalishi shundan.

Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YUNYeSKO Madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan. 1997 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi nishonlangan. 2020 yilda Turksoy xalqaro tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti, deb eʼlon qilingan.

Davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Koʻk minora, Koʻhna ark saroyi, Toshhovlini tomosha qildi. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Juma masjidida Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.

Xorazmning tarixi, ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi haqidagi maʼlumotlar, boy madaniyati va sanʼati mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Shu bilan Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.