Professor Dilorom Yormatova andijonlik fermerlarga gʻoʻza qator oralariga soya ekishda oʻz tajribasi bilan yordam bermoqda

0
748
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Oltinkoʻl tumanidagi «Koʻhna vodiy bahori» fermer xoʻjaligi faoliyati bilan tanishib, gʻoʻza qatorlari oralariga soya ekish boʻyicha Andijon tajribasini yaratish taklifini bergan edi.

Ushbu taklifni amalga oshirish maqsadida Andijon viloyatiga butun umrini soya yetishtirish ilmiga bagʻishlagan, qishloq xoʻjalik fanlari doktori, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Dilorom Yormatova taklif qilindi.

Olima andijonlik fermerlarga gʻoʻza va soyani birdaniga ekib, tuproq unumdorligini oshirish, qoʻshimcha don olib, toza oʻsimlik moyi olishga erishish hamda gʻoʻzaninig maʼdanli oʻgʻitlarga boʻlgan talabini kamaytirib, tuproqda ekologik toza muhit yaratib, organik mahsulot yetishtirishda yaqindan yordam bermoqda.

Jalaquduq, Oltinkoʻl, Xoʻjaobod, Boʻston, Izboskan tumanlarida qishloq xoʻjaligi mutaxassislariga professor D.Yormatova ushbu dukkakli ekin turi boʻyicha kerakli tavsiyalar bilan tushuntirib berdi va dastlabki gʻoʻza qator orasiga soya ekish ishlari boshlab yuborildi.

Maʼlumot uchun: professor Dilorom Yormatovaning ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida 2010-2011 yillarda Sirdaryo viloyatida soya bilan gʻoʻzani birga qoʻshib ekish boʻyicha tajribalar olib borilgan va yuqori samaradorlikka erishilgan edi.

Suratda: Andijonlik feremerlarga gʻoʻza qatorlari orasiga soya ekish ishlarini tashkil etishda oʻzining ilmi va tajribasi bilan yaqindan yordam bergan olima viloyat hokimligi tomonidan “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.