Pxyonchxan-2018. Misha Ge qisqa dasturda chiqish qildi

0
134
views

 Pxyonchxanda boʻlib oʻtayotgan qishki Olimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchi Misha Ge figurali uchish boʻyicha qisqa dastur bahslarida chiqish qildi.

30 nafar sportchi ichida 16-raqam ostida chiqish qilgan Misha qisqa dastur yakunlariga koʻra 83,90 ball jamgʻara oldi va sportchilar orasida 14-pogʻonaga joylashdi. Endi u bugun erkin dasturlarda oʻz omadini sinab koʻradi.
 
Qisqa dasturda birinchi oʻrinni 111.68 ochko toʻplagan yaponiyalik Yuzuru Xanyu egalladi.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here