Pxyonchxanda Oʻzbekiston bayrogʻi hilpiray boshladi

0
288
views

Ertaga Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya oʻyinlari boshlanadi.

Ushbu oʻyinlarda oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi.
 
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pxyonchxandagi Olimpiya shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻini koʻtarish rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.
 
Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, Oʻzbekiston futbol assotsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qoʻmitasi hamda delegatsiyamiz aʼzolari ishtirok etishdi. 
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here