Qardosh xalqlar bilan kechayotgan adabiy aloqalar

0
85
marta koʻrilgan.

Turkiya Jumhuriyatining mashhur shoiri Mehmet Akif Ersoy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan 22-26 noyabr kunlari  qardosh mamlakatlardan bir guruh ijodkorlar Oʻzbekistonga kelishdi.

Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi turkiy mamlakatlardan kelgan  mehmonlar munosib kutib olindi. Ular qadimiy Buxoro va Samarqand shaharlarida boʻlib, qadamjolarni ziyorat qilishdi, yurtimizning diqqatga sazovar joylari bilan tanishdi. Mehmonlar ishtirokida adabiy kechalar, ijodkorlar bilan  uchrashuvlar  oʻtkazildi.

Shuningdek, ular   Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham boʻlib, uyushma  jamoasi va oʻzbekistonlik shoirlar, yozuvchilar, adabiyoshunoslar bilan dildan suhbat qurishdi. Kelgusida adabiy aloqalarni  yanada mustahkamlash, yangi-yangi  asarlarni  tarjimasini amalga oshirishga kelishib olishdi.

 Uchrashuvda  Mehmet Akif Ersoyning «Safahot» kitobining  taqdimoti ham oʻtkazildi. Mehmet Dogʻan, Mehmet Kurtoʻgʻli va boshqa mehmonlar yubileyi nishonlanayotgan  Mehmet Akif Ersoyning turk adabiyotidagi oʻrni, hayoti va ijodi hakida gapirishdi. «Safahot» kitobining tarjimoni Miraziz Aʼzamga xalqlar doʻstligiga munosib hissa qoʻshib kelayotgani uchun oʻz minnatdorligini bildirishdi.  Unga  Turkiya Yozarlar birligining Mehmet Akif Ersoy nomidagi mukofoti topshirildi. Mukofotni tarjimonning qizi Orzu Aʼzam qabul qilib oldi.  Ustoz ijodkorga eʼtirof muborak boʻlsin, deymiz.

Tadbir soʻngida «Safahot» kitobining turkchasi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga, oʻzbekchasi Turkiya Yozarlar birligiga sovgʻa qilindi.
   

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.