Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi

0
147
marta koʻrilgan.

Bugun mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.

Islom Karimov rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatida ham xotira tadbirlari boʻlib oʻtdi.

30 yanvar kuni Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz haykalining ochilish marosimi oʻtkazildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbari buyuk siyosatchi va dono islohotchi Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirgan ishlari Vatanimiz tarixida oʻchmas iz qoldirganini taʼkidladi.

Islom Karimovning haykalini Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochdi.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan faollar ishtirok etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.