Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri xalqaro festivalda “Eng yaxshi spektakl libosi”yoʻnalishida gʻolib 

0
541
views

Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan 2-teatrlar festivalida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri “Bobomning orzusi” spektakli bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi spektakl libosi” yoʻnalishida taqdirlandi. Spektaklda foydalanilgan quroqli liboslar, soʻzanalar va kashtali doʻppilar xalqaro festivalda eʼtiborga tushdi va eʼtirof etildi. 

Spektaklda milliy anʼana, odat va rasm-rusumlarimiz mohiyati folklor tomosha tarzida ifoda etildi. Festival ishtirokchilariga spektakldagi milliy oʻyinlar, jumladan, milliy lapar va raqslar manzur boʻldi. Oʻzbekona qadriyatlar, milliy kuylarimiz sehri, liboslardagi sharqona goʻzallik xalqaro festivalning eng jozibador va eʼtiborga molik jihatlaridan biri boʻldi.

Fesativalda  Italiya, Ruminiya, Ukraina, Ozarbayjon, Kipr kabi  oʻndan ortiq ,davlat teatrlari va Turkiyaning yettita shahar teatrlari ishtirok etdi. 

 

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here