Qilichbozimiz Zaynab Dayibekova ikkita jangni gʻalaba bilan yakunladi

0
111
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston delegsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining uchinchi kun bahslari boshlandi. Vakillarimiz orasida qilichbozimiz Zaynab Dayibekova birinchi boʻlib startga chiqdi.

Sablya yoʻnalishida kechgan jangda qilichbozimiz mezbonlarning asosiy vakillaridan biri Aoki Chikaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz oʻtgan bellashuv Dayibekovaning 15:9 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz keyingi bosqichga yoʻl oldi. 

Qilichbozimiz Zaynab Dayibekova navbatdagi raqibini ham magʻlub etdi. Ikkinchi davrada hamyurtimizga Osiyo oʻyinlari finalchisi xitoylik Yasi Shao raqiblik qildi. Dayibekova ushbu bellashuvni ham koʻngildagidek oʻtkazib, 15:10 hisobida ustun keldi. Keyingi davrada Zaynab Italiya va Janubiy Koreya vakillari oʻrtasidagi jang gʻolibiga qarshi kurashadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.