Birlashgan arab amirligining Dubay shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqaning qilich (sablya) yoʻnalishida jamoaviy bahslarda qatnashgan kadetlarimiz chorak finalda Iordaniya terma jamoasini 45:23 hisobida magʻlubiyatga uchratganliklari haqida xabar qilgandik. Vakillarimiz yarim finalda quvaytlik raqiblarni 45:44 hisobida magʻlub etib, final yoʻllanmasiga ega boʻlgandilar.
Hal qiluvchi final jangida sportchilarimiz Janubiy Koreyaga 26:45 hisobida yutqazib qoʻydilar va Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandilar.
Maʼlumot uchun, qilich (sablya) boʻyicha bahslarda terma jamoamiz tarkibida quyidagi sportchilar jang oʻtkazdilar:
Jaloliddin Dushamboyev (2002 yil) — Chirchiq Olimiya zaxiralari sport kolleji tarbiyalanuvchisi
Sherzod Mamutov — (2002 yil) — Qoraqalpogʻiston Respubliksi agro va suv xoʻjaligi kolleji oʻquvchisi
Pazil Genjebayev — (2003 yil) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi
Bobir Rasulov — (2002 yil) — Toshkent shahri, 34-sonli maktab oʻquvchisi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati