Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov «Xiva gilamlari» kombinatida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
2020 yilda tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilib, Xitoy, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Yevropaning yetakchi davlatlari texnologiyasi bilan jihozlangan zamonaviy kombinatda bugungi kunda 750 kishi mehnat qilmoqda.
Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi sanoat mahsulotlari koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar.
Tegishli vazirlik va idoralarga oʻzaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.