Togʻ changʻichimiz Komiljon Toʻxtayev 16 fevral kuni Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz slalom dasturida finishga oz qolganida belgilangan davrozadan oʻtishda xatoga yoʻl qoʻygani uchun diskvalifikatsiya qilindi.
Shunga qaramay, uning gigant slalom dasturidagi ishtiroki eʼtiborga molik. Komiljon Osiyo qitʼasi vakillari orasida eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi.
J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.