2019 yilning I yarim yilligida Rossiya Federatsiyasining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlarida boʻlgan, hujjat va mablagʻlarsiz qiyin ahvolda qolgan jami 719 nafar yurtdoshimizni Oʻzbekistonga qaytardi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Fuqarolarimizni ortga qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan qoplandi.
Qaytarilgan yurtdoshlarimiz bepul maxsus tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining masʼul mutaxassislari tomonidan ishga joylashish, kasbga oʻqitish va qayta oʻqitish masalalari boʻyicha tashkillashtirilgan muloqotlarida ishtirok etdi.
Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz vaziyati hisobga olinib, ularga yashash joylariga yetib olishlari uchun EKOIHning 1 baravari miqdorida pul mablagʻlari berildi.
2018 yilning oktyabridan 2019 yilning iyun oyiga qadar xorijda qiynalib qolgan yurtdoshlarimizning jami 920 nafari Oʻzbekistonga qaytarilgan.