Qoʻqon Butunjahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga kiritildi

0
300
marta koʻrilgan.

Kuni kecha Xalqaro amaliy sanʼat festivali doirasida Butunjahon hunarmandlarining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha kengashi rahbari Gada Kaddumi xonim Qoʻqon hokimi Maʼruf Usmonovga shaharning Butunjahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga (oʻymakorlik yoʻnalishi boʻyicha) kiritilgani toʻgʻrisidagi sertifikatni topshirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar bermoqda.

Ushbu quvonchli hodisaga bagʻishlangan tadbirda shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev, vazirlik va idoralar, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Kaddumi xonim oʻz nutqida yigʻilganlarga xalq-amaliy sanʼatini qoʻllab-quvvatlayotganliklari hamda xalq-amaliy sanʼatni rivojlantirish davlat dasturiga kiritganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. 

Butunjahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga 2014 yilda asos solingan va bugunga kelib dunyoning 36 shahri undan oʻrin olgan.

Taʼkidlash joizki, Qoʻqon Markaziy Osiyo mamlakatlari kesimida Butunjahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga kiritilgan birinchi shahar boʻldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.