Qoʻqonda davlat-xususiy sherikchiligi asosida universitet tashkil etiladi

0
347
marta koʻrilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qoʻqon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda «Da Vinci» masʼuliyati cheklangan jamiyatining Qoʻqon shahrida davlat-xususiy sherikchiligi asosida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi Qoʻqon universitetida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi mavjud taʼlim shakllari hamda oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanib, taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanishi belgilangan.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda Oʻzbekiston oliy taʼlim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oliy taʼlim dasturlarini joriy etiladi. Xorijning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshiriladi. Taʼlim jarayoniga xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb etiladi. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning malakaviy amaliyotini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladi.

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.