Qoraqalpogʻiston faollari bilan samimiy muloqot

0
135
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moʻynoq tumanidagi madaniyat markazida qoraqalpogʻistonlik faollar bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari yigʻilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, qoraqalpoq eliga samimiy hurmat-ehtiromini bildirdi.

— Sizlar bilan birgalikda katta harakat boshladik. Har bir hududning dardini bilaylik, har bir insonning ichiga kiraylik, ertangi kunga ishonchini uygʻotaylik deb chuqur islohotlarni amalga oshiryapmiz. Odamlar ertaga emas, olis kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak, — dedi Prezident.

Bu siyosat natijasi Qoraqalpogʻistonda ham yaqqol namoyon.  

Orolboʻyi aholisi hayotini yaxshilash haqidagi gap-soʻzlar 50 yillardan beri bor. Lekin keyingi ikki yilda qilingan ishlar bir taraf.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun koʻp sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi, Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya oʻrmonzorlari, Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq Moʻynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ham qator ishlar amalga oshirildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.