Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Rais saylandi

0
147
marta koʻrilgan.

Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq, Joʻqorgʻi Kenges Raisi lavozimiga Kamalov Murat Qallibekovich nomzodi tavsiya etildi.

Joʻqorgʻi Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari soʻzga chiqib, nomzodni qoʻllab-quvvatladi. Yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

— Murat Kamalovni koʻp yillardan beri taniyman, — dedi Prezident. — U avvalo halol odam, vatanparvar odam. Qayerda ishlagan boʻlmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yashaganiga guvohman. Eng asosiysi shu. Boshqasi tajriba bilan keladi. U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov ishlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb ishonaman.

Taʼkidlash joiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, Joʻqorgʻi Kengesning Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi rahbari va eng yuqori lavozimli shaxsidir. Joʻqorgʻi Kenges Raisi ayni organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Joʻqorgʻi Kengesning vakolati muddatiga saylanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.