Bosh sahifa Oʻzbekiston Ijtimoiy hayot Ramzan Qodirov oʻz » Instagram»ida Shavkat Mirziyoyevning jamoasi haqida yozdi

Ramzan Qodirov oʻz » Instagram»ida Shavkat Mirziyoyevning jamoasi haqida yozdi

0
313
marta koʻrilgan.

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Instagram»dagi sahifasida oʻzi Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida doʻstlashib qolgan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning jamoasi aʼzosi haqida  quyidagilarni yozgan.

«Aziz doʻstlar! Chechen masaliga koʻra, bir donishmand oʻgʻillariga turli oʻlkalarda qoʻrgʻonlar barpo etishni vasiyat qiladi. Ular gap aynan himoya inshootlari va binolari haqida boryapti, deb oʻylagan. Aslida esa ota oʻgʻillariga har qanday qoʻrgʻondan yaxshiroq boʻlgan ishonchli doʻstlar orttirishni topshirgan ekan. Mening aziz otam, ChR birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmadhoji Qodirov musulmonlarga doʻstlik va qarindoshlik aloqalarini mustahkamlashni buyuruvchi, shu bilan birga, ularni uzishni qoralovchi hadislarni aytib berar edi. Men bularning barchasini Oʻzbekistonga tashrifim chogʻida esga oldim, u yerda Ollohning irodasi bilan munosib odamlar bilan tanishdim. Albatta, ajoyib doʻstim va birodarim Oybek Tursunovni topganim men uchun katta baxt. Yaxshi oʻqimishli, halol, xushmuomala va kamtarin yigit. Menga uning davlat miqyosida fikrlash koʻlami, uning oʻz vatani — Oʻzbekiston kelajagiga qatʼiy ishonchi yoqdi! Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning safdoshlari va maslakdoshlari jamoasida Oybek Tursunovdek yoshlar boʻlsa, demak u oʻziga ajoyib jamoani yigʻib olgan. Aziz birodarim, uyimning eshiklari siz uchun hamisha ochiq! Albatta, biz Samarqand yoki Buxorodagidek mazali palov tayyorlay olmaymiz, ammo siz Oʻzbekistonda tatib koʻrmaydigan chechen taomlari bilan mehmon qilamiz! Yana shuni aytmoqchimanki, sizning Chechenistonda qoʻrgʻoningiz bor!»

Eslatib oʻtamiz, Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov oktyabr oyida Oʻzbekistonga kelgan edi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.