Tuya junini qayta ishlash boʻyicha koʻp tarmoqli “Rano-Sheber” seximiz 2019 yilda BMTTDning koʻmagini olgan edi. Bugungi kunda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarishni ham ular koʻmagida yoʻlga qoʻydik.
Kichik biznesning eng kuchli jihatlaridan biri uning turli sharoitlarga, jumladan, inqirozli vaziyatlarga, biron bir talafotsiz, tezlik bilan moslasha olishidadir.
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida karantin davrida tumanning toʻrt nafar ayoli ishlayotgan korxonamizga xom ashyo xarid qilishda koʻmak koʻrsatdi. Bu yerda olti qatlamli dokadan tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish boshlandi. Yaqin orada 25 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda, uning 20 ming donasi Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi. Qolgan niqoblar esa tuman aholisi oʻrtasida tarqatiladi.
2015 yilda “Aydin Jol” qishloq fuqarolar yigʻinida teri yungini qayta ishlash boʻyicha kichik sex ochgandik. 2018 yilda esa Oʻzbekistondagi BMTTDning koʻmagida bizga zamonaviy uskunalar taqdim etildi. Biz tuya yungidan kiyim, choyshab va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarayotgandik. Mahsulotimizni butun respublikamiz bozoriga yetkazib bermoqdamiz. Koronavirus infeksiyasi tarqagani tufayli niqob ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻydik. Elga manfaatimiz tegayotganidan xursandmiz.
Ulboʻlsin Annabayeva, “Rano-Sheber” kichik korxonasi rahbari