Ravshan Mahammadjonov – WBC Youth kamari sohibi

0
148
marta koʻrilgan.
 
Moskva shahrida «Shamo boxing» promouterlik kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan professional boks oqshomi oʻtkazildi.
 
Unda charmqoʻlqop ustasi Ravshan Mahammadjonov 23 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vladimir Gordiyenkoga qarshi ringga koʻtarildi.
 
Bokschimiz ikkinchi raundda oʻtkazib yuborilgan zarba natijasida nokdaun holatiga tushib qoldi. Biroq butun irodasini qoʻlga olib, sakkiz raundga moʻljallangan jangni  toʻliq davom ettirdi. Yakunda gʻolib ochkolar hisobiga koʻra aniqlandi. Quvonarlisi, yakunda har uchchala hakam ham bokschimizning gʻalabasini (77-74, 77-74, 76-75) qayd etdi. 
 
Shu tariqa, R.Mahammadjonov birinchi oʻrta vazn toifasida oʻzbek boks tarixida ilk bora WBC Youth kamari sohibiga aylandi.
 
J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.