Respublikamiz milliy reyting tizimiga bagʻishlangan veb-portal ishga tushirildi

0
260
marta koʻrilgan.

Respublikamiz milliy reyting tizimiga bagʻishlangan veb-portal (reyting.tdi.uz) ​ ishga tushganligini maʼlum qilamiz.

Endilikda oliy taʼlim muassasalarining reyting boʻyicha toʻplagan ballari, 4 ta yoʻnalish, 59 ta raqamli baholash koʻrsatkichlaridan iborat 23 ta indikator boʻyicha toʻliq maʼlumot bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Bundan tashqari, yurtimiz taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatining umumiy holati boʻyicha monitoring olib borish maqsadida uzluksiz taʼlimning quyi boʻgʻinlari (kollej va litseylar, umumtaʼlim muassasalari hamda maktabgacha taʼlim muassasalari) uchun ham reyting indikatorlari ishlab chiqilgan boʻlib kelajakda ularning reytingi ham eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.