Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga hamdardlik

0
50
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir boʻlgan fojia oqibatida oʻnlab begunoh insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga chuqur taʼziya yoʻlladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maktubda Oʻzbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qatʼiy qoralashi hamda mazkur jinoyat tashkilotchilari va ijrochilariga jazo muqarrarligi taʼminlanishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Tvhririyatdan:. Falsafashunos olimlarning urushlarda, davlatlarora nizolarda oddiy xalq jabr koʻradi, deganiga bir misol shuda!  Jabr koʻrganlarga sabr tilaymiz. Osmonimiz musaffoligiga, yurtimiz tinchligiga, elimiz osoyishtaligiga koʻz tengmasin deymiz. Alloh oʻzi panohida asrasin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.