Saida Mirziyoyeva: Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek….

0
67
marta koʻrilgan.

Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmoq millatning ruhini yoʻqotmoqdir”.

Bugun “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ochilishida nutq soʻzlar ekanman, tilimizga bevosita aloqador boʻlgan milliy alifbomizni isloh qilishdek juda dolzarb masalaga toʻxtaldim.

Misol uchun, bir qarashda oddiy tuyulgan imlo belgisi butun boshli Davlat va Millatning nomi xato yozilishiga sabab boʻlmoqda. Biz bunday masalalarda hadeb bahslashavermay, tezroq qaror qabul qilishimiz muhim. Chunki, gap bizning Millatimiz, gʻururimiz, yurtimiz nomi haqida ketyapti.

Toʻgʻri, alifbo islohoti yangi bahslar, tortishuvlar, koʻzda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin yana bir bor taʼkidlayman, gap Vatan va Millat nomini toʻgʻri yozish haqida ketar ekan, bunday bahs va tortishuvlarni bas qilishimiz, alifbodagi ayrim oʻzgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qoʻyishimiz zarur, deb hisoblayman!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanalidan

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.