Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, 1-3 dekabr kunlari Gongkongda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha 20 yoshli sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Saidamirxon Turgʻunboyev muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sovrindori boʻldi.
Eʼtiborlisi, bu soʻnggi 20 yil davomida oʻzbek chavandozining toʻsiqlardan sakrash (konkur) boʻyicha oʻtkazilgan qitʼa chempionatlarida qoʻlga kiritgan ilk medali boʻldi.
Taʼkidlash kerak, hamyurtimizning bunday nufuzli musobaqada ishtirok etib, jahonning yigirma nafar tajribali chavandozlari orasida shohsupaning ikkinchi oʻrniga koʻtarilishida Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori va uning amaldagi ijrosi mujassam.